Ermatov Shavkat Qulmatovichni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoati instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.T.08.01 raqamli Ilmiy kengashda 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Surxondaryo iqlim sharoitida takroriy mavsumlarda yetishtirilgan pillalarning texnologik xususiyatlari tadqiqi” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!

Institut jamoasi nomidan Sh.Ermatovni ushbu yutug‘i bilan qutlab, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz.