Davlatimiz rahbarining yoshlarimizga alohida e’tibor va g‘amxo’rligi sababli vohada mutlaqo yangi tizim yaratilib, yoshlar siyosati mahalla darajasigacha tushirildi.

Ta’kidlash kerakki muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev raisligida “Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risida videoselektor yig‘ilishida yoshlar bilan ishlashning mutlaqo yangicha tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda o‘rganish bo‘yicha berilgan topshiriqlariga asosan Termiz muhandislik-texnologiya instituti rektori O‘.Axmedovga Oltinsoy tumanidan 18 nafar yoshlar biriktirilgan.

Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasining tegishli bayoniga ko‘ra alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlariga biriktirish orqali yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari ishlab chiqildi. Natijada har bir yosh bilan alohida ishlash amaliyoti joriy etildi.

Endilikda har bir biriktirilgan mas’ul oyida kamida bir marotaba o‘zlariga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolarini o‘rganish iste’dodini yuzaga chiqarish, ularni talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarga o‘qitish orqali bandligini ta’minlash, hayotda o‘z o‘rnini topishi, shuningdek, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga har tomonlama ko‘maklashishi vazifa qilib belgilangan.

Shu maqsadda Termiz muhandislik-texnologiya instituti rektori O‘.Axmedov Oltinsoy tumanidagi Marmin MFYda yashovchi 18 nafar yoshlar holidan xabar olib, ularni ma’naviy va ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida oilaviy sharoiti o‘rganib, ularning qiziqishlari bilan tanishdi.

Ular uchun tumanning o‘zida dasturxon yozilib, osh tarqatildi. Shuningdek, ushbu biriktirilgan yoshlarga hayotda o‘z munosib o‘rinlarini topishlari, jamiyatdagi faolligini oshirish orqali moddiy manfaatdorligini yanada yaxshilash uchun bir qator ishlarni amalga oshirdi. Jumladan Yoqubov Shaxzod  Abdumurot o‘gʻliga oziq-ovqat mahsulotlari berildi, Murotaliyev Muslimbek Murotaliyevichning onasiga 600 ming so‘m miqdorida moddiy yordam ko‘rsatildi. Xurramov Erali Nurali o‘gʻliga motokultivator, Hamrayev Eldorbek Shamsiddin o‘gʻliga svarka apparati olib berildi.Oltinsoy tuman yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda yoshlarni bandligini ta’minlash uchun Turdaliyev Muslimbek Imamali o‘g‘li va Rajabova Baxtigul Gulboy qiziga ye-auksion orqali 30 sotix yer 30 yilga dehqonchlik qilish maqsadida ajratildi, Xudoynazarov Sanjarbek Iskandar o‘g‘liga harbiy xizmat o‘tashi uchun safarbarlik chaqiruvi rezerviga agentlik tomonidan pul o‘tkazib berilishiga erishildi.

Tadbir yakunida rektor ushbu yoshlarning har biri bilan alohida suhbatlashib, ularning qiziqishlari va imkoniyatlari darajasidan kelib chiqib hayotda o‘z o‘rnilarini topishlari uchun kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan rejalar belgilab olindi.