Institutda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541-yilligi munosabati bilan «Bobur kabi sevgin vatanni» shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Qurilish fakulteti tyutorlari va talabalari ishtirok etib, ishtirokchilarga Boburning hayot yo‘li va ijodi haqida ma’lumot berdilar. Talabalar tomonidan Bobur ijodidan ruboiy va g‘azallar o’qilib, ijodkor talabalar tomonidan mahorat bilan ijro etilgan sahna ko’rinishlari tadbirga o’zgacha fayz ulashdi.
