O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023-yil 22-dekabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida hududlardagi 4 ta sektorga qo‘shimcha ravishda ma’naviyat sektori tashkil etilishini ma’lum qildi. Shu maqsadda, Surxondaryo viloyatida bildirilgan taklif asosida bugungi kunda Respublikamizda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan to‘rtta sektor xalqimizning turli ijtimoiy-iqtisodiy muammolari va ehtiyojlarini ijobiy hal qilib kelayotgan bo‘lsa, bugungi zamon oldimizga endilikda insonlarni ma’naviy-axloqiy sohadagi muammo va ehtiyojlarini ham to‘g‘ri qondirish vazifasini qo‘ymoqda.
Shu maqsadda mazkur sektor faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berilgan edi. Sektorning asosiy vazifasi hududlarning ijtimoiy-ma’naviy muhitini ta’minlash hisoblanadi.
Surxondaryo viloyati hokimining 2024-yil 9-yanvardagi “Viloyatning ijtimoiy-ma’naviy muhiti barqarorligini ta’minlash bo‘yicha tashkil etilgan “Ma’naviyat sektori” nizomini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bir qator vazifalar belgilab berilgan edi.
Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash, “Ma’naviyat sektori” faoliyati samaradorligini oshirish hamda sektor faoliyatidagi ishlarni jadallik bilan samarali tashkil etish maqsadida bugun Termiz muhandislik-texnologiya instituti Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor M.Majitov vohamizning Bandixon tumandagi maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, mahallalar, qishloq vrachlik punktlarida va boshqa muassasalarda bo‘lib sektorning boshlang‘ich bo‘g‘inini tashkil etishda tegishli yordamlar berishga doimo tayyor ekanligini bildirdi.
Buning amaliy isboti sifatida institut rahbariyati hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faol talaba-yoshlari Bandixon tumanidagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida sportning “Voleybol” va “Shaxmat” turi bo‘yicha musobaqa hamda “Zakovat” intellektual o‘yinlari tashkil etishdi.
Bo‘lib o‘tgan ushbu musobaqalarda tumandagi maktablardan 400 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etishdi.
Qizg‘in va murosasiz tashkil etilgan “Voleybol” sport musobaqasida tumanning 10-maktab o‘quvchilari birinchi o‘rin, Bandixon tuman Kasb-hunar maktabi o‘quvchilari ikkinchi o‘rin, 40-maktab o‘quvchilari uchinchi o‘rinni egallashdi.
Shuningdek, “Shaxmat” sport musobaqasida Bandixon tumani Kasb-hunar maktabi o‘quvchisi Safarov Quvonchbek birinchi o‘rin, 36-maktab o‘quvchisi Xolyorov Maxmud ikkinchi o‘rin, Bandixon tuman Kasb-hunar maktabi o‘quvchisi Xayitaliyeva Sarvinoz uchinchi o‘rinni egallashdi.
Shu bilan birgalikda “Zakovat” intellektual o‘yinida tumandagi 2-maktab o‘quvchilari birinchi o‘rin, 11-maktab o‘quvchilari ikkinchi o‘rin hamda Kasb hunar maktabi o‘quvchilari uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.
Tadbir so‘ngida institut Yoshlar ishlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor M. Majitov tadbirda ishtirok etgan va g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalarni tabriklab, kelgusida bunday tadbirlarni hamkorlikda doimiy tashkil etish istagini bildirdi.
