Termiz muhandislik-texnologiya institutida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Yangi Oʻzbekiston armiyasi — mamlakat qudrati, yuksak gʻurur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida vatanparvarlik tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbirda harbiy orkestrlar tomonidan namoyish etilgan vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar, jangovor chiqishlar, talabalar tomonidan sahnalashtirilgan ajoyib sahna ko’rinishlari tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.