Termiz muhandislik-texnologiya institutida “Paxta tozalash, to‘qimachilik va yengil sanoat sohalarining texnologiyasini takomillashtirish” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.

Mazkur Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya kunning ikkinchi qismida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida davom etdi.
Unda paxta tozalash, to‘qimachilik, ipakchilk va yengil sanoatlari tarmoqlarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish;

Yengil sanoat kompleksida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, raqamlashtirish hamda resurstejamkor texnologiyalarni takomillashtirish;

Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari, yashil iqtisodiyot va ekologik muammolar;

Muhandislik fanlarini o‘qitishda innovatsion texnologiyalar kabi yo’nalishlarda ma’ruzalar tinglandi.

Unda institut rektori O’Axmedov «Surxondaryo viloyatida yengil sanoat sohalarining rivojlanish tendensiyalari» mavsusida o’z ma’ruzasini o’qidi.
Yakunida o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etgan xorijiy va respublikadagi oliy ta’lim muassalari professor-o’qituvchilari hamda konfrensiyada faol ishtirok etganlar munosib taqdirlandilar.