Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining mas’ul xodimi F.Farxodov, institut birinchi prorektori M.Majitov hamda tyutorlar ishtirokida talaba-yoshlarning ijara xonadonlarini o’rganishdi.

O’rganish ishlari davomida ijara xonadonlardagi talabalarning yashash sharoitlari, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, yong’in xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirishdi hamda ularni qiynayotgan muammolar, takliflar yuzasidan suhbatlashishdi.

Shuningdek, vazirlik mas’ul xodimi tashabbusi bilan qalblarga ziyo ulashish maqsadida talabalarga kitob ulashish hamda almashib o’qish tizimi joriy qilindi.

Xonadon sohiblarining talabalarga munosabatlari, muammo va kamchiliklarga alohida e’tibor qaratildi hamda talabalarning taklifiga binoan ular yashayotgan xonadonlarga stol tennisi va shaxmat, shashka olib berish topshiriqlari berildi.