Seminarda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarida doktorantura faoliyatini muvofiqlashtirish, doktorantlar ilmiy faoliyatini yoʻlga qoʻyish, doktorantura ixtisosliklarini kengaytirish masalalari, ularning samaradorligini oshirish, ilm-fan va taʼlim integratsiyasini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar, hamda akademik harakatchanlik boʻyicha masalalar koʻrildi.
Shu bilan birgalikda seminarda doktorantlar va professor-oʻqituvchilar oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutida xorijiy til sertifikatining oʻrni, ilmiy stajirovkalarni tashkil etish tartibi, xorijiy professor-oʻqituvchilar bilan hamkorlik oʻrnatish boʻyicha bir qator takliflar berildi.
