Termiz muhandislik-texnologiya instituti rektori O’.Axmedov oliygohning arxitektura ta’lim yo’nalishi professor-o’qituvchilari hamda talaba-yoshlari bilan uchrashdi.

Ushbu uchrashuvda arxitektura ta’lim yo’nalishi talabalariga yaratilishi lozim bo’lgan shart-sharoitlar, mazkur soha bo’yicha professor-o’qituvchilarning xorijiy stajirovkalarga borishi, talabalar amaliyotini tashkil etish hamda oktabr oyida Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga talabalar ekskursiyasini tashkil etish yuzasidan so’z yuritdi.

Shuningdek, rektor talabalarning sohani rivojlantirishga qaratilgan takliflari, fikr mulohazalarini eshitdi.