Darhaqiqat, atlas, adras, banoras, beqasam va shoyi kabi milliy matolardan tikilgan liboslar xotin-qizlarimizning husniga-husn, ko‘rkiga-ko‘rk qo‘shadi.
Qolaversa, bu liboslar xalqimiz, ayniqsa, qizlarimizda milliy qadriyatlarga, milliy liboslarimizga bo‘lgan hurmat tuyg‘ularini yanada yuksaltiradi.
Shu maqsadda Termiz muhandislik-texnologiya institutida “Xon atlas“ festivali bo’lib o’tdi. Festivalda institut rahbariyati, xotin-qizlar kengashi, tyutorlar, talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi.
