Termiz muhandislik-texnologiya institutiga viloyat hokimi U.Qosimov kelib, yangi qurilayotgan o’quv binosi bilan tanishdi.
Viloyat hokimi hozirgi kunda qurilish ishlari olib borilayotgan o’quv binosini ko’zdan kechirib, qurilish ishlari uchun o’zining taklif va zaruriy ko’rsatmalar berib, sohadagi ishlar yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi.
Ma’lumot o’rnida ushbu qurilayotgan o’quv bino 1000 o’ringa mo’ljallangan bo’lib, qurilish ishlari 2024-yil avgust oyiga tugallanib, foydalanishga topshirish ko’zda tutilgan.
