Termiz muhandislik-texnologiya institutida tahsil olayotgan talabalarga yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o’zgarishlar, yangi moddalar hamda uning mazmun mohiyati tushuntirildi.
Institutning Axborot-resurs markazi xodimlari va Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor-o’qituvchilari ishtirokidagi bo’lib o’tgan ushbu tadbirda bugungi kunda yangilangan qomusimiz misolida amalga oshirilayotgan ishlar hamda inson qadri tushunchalariga tarif berilib, bugungi islohotlarning mazmuni haqida tushunchalar berildi.
