Termiz muhandislik-texnologiya institutida navbatdagi kengaytirilgan tarzda ota-onalar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Unda viloyat hokim o‘rinbosari I.Safarov, Termiz shahar xokimi o‘rinbosari K.Ashurov, institut rektori O‘.Axmedov, rektor maslahatchisi R.Xurramov, Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor M.Majitov hamda Termiz shahar nuroniylar kengashi raisi T.Berdiyev, institut dekanlari, tyutorlar, professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda talabalarning nafaqat institutda balki hayotda ham odob-axloq qoidalariga rioya qilishi, darslarga o‘z vaqtida qatnashib, berilgan vazifalarni bajarishi muhimligi va bunda ota-onalar ham befarq bo‘lmasliklari yuzasidan tushuntirish berildi.