Termiz muhandislik-texnologiya institutida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbirni tashkil etildi.
Tadbirda institut professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar va Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari hamda Surxondaryo viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi va faxriylar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda Surxondaryo viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi mas’ul xodimi N.Otajonov ishtirok etib, uzoq yillar ichki ishlar organlarida xizmat qilib, hozirda nafaqaga chiqqan faxriylarning tajribasi, o‘git va maslahatlari yoshlar uchun ibrat maktabi ekanligini ta’kidladi.
