Test sinovlari jarayonlarida abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun bu yil bir qancha yangiliklar, qulayliklar yaratib berilmoqda.
Xususan, ota-onalar uchun salqin joylar tashkil etilib, ular farzandlarini onlayn tarzda katta ekranlar orqali imtihonda ishtirok etayotganligini ko‘rishi mumkin.
Shuningdek, ota-onalar bilan psixologlar, sotsiologlar va boshqa ilmiy xodimlardan iborat volontyorlar guruhi suhbatlashib, taklif va muammolarni o’rganishadi.
Bundan tashqari test kunlari ijodiy guruhlar tomonidan ko‘ngilochar dasturlar namoyish etiladi.
