Termiz muhandislik-texnologiya instituti “Ijtimoiy gumanitar fanlar” kafedrasi o’qituvchisi E.Ismoilov Jarqo’rg’on tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabiga borib, “Mahorat darslari” ni tashkil etdi.

Tadbir davomida bitiruvchi o‘quvchi yoshlarga institut haqida undagi ta’lim yo‘nalishlari va hozirgi qaysi sohalarda kadrlar tayyorlanib kelinayotganligi, shu bilan birga hozirgi zamon talablari, kasblar, ta’lim yo’nalishlari haqida batafsil to’xtalib o’tildi.