O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida sinxron tarzda «YANGI NAFAS» yugurish marafoni bo’lib o’tdi.

Sog’lom turmush tarziga targ’ib etuvchi ushbu marafon yakunida g’oliblar qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.

«Bir Vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda birga yuguramiz» shiori ostida tashkil etilgan ushbu marafonda Termiz muhandislik-texnologiya instituti rahbariyati jamoasi va talaba-yoshlar ham faol ishtirok etdi.