Institutda professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirokida «Ixtiro va foydali modelga hamda sanoat namunalariga talabnoma tayyorlash, ish yuritish va ekspertiza jarayoni» va «Xorijda patentlash amaliyoti» mavzularida seminar tashkil etildi.

Unda institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori M.Urozov, O’zbekiston respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi «Intellektual mulk markazi» davlat muassasasi Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i S.Raxmonov va «Intellektual mulk markazi» davlat muassasasi Ixtiro va foydali modellar bo’limi boshlig’i I.Abdukadirovlar ishtirok etib, yig’ilganlarga mavzu yuzasidan tushunchalar berib o’tdi.