Ayni kunlarda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Yoshlar” oromgohida “Oliy ta’lim muassasalarida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha ustuvor vazifalar” mavzusida 3 kunlik o‘quv-seminar bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu o’quv seminarda Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor M.Majitov ham ishtirok etmoqda.
Seminar ishtirokchilariga sotsiologiya fanlari doktori, professor M.Bekmurodov va pedagogika fanlari doktori, professor M.Quronov hamda Toshkent islom instituti rektori M.Muhammadsiddiqovlar trening o’tkazdilar.
Axloqiy tarbiya va sog’lom dunyoqarashni shakllantirishga doir ustuvor vazifalar bo‘yicha bahs-munozara tashkil etilib, yangi rejalar muhokama qilindi.
