Institutda bo’lib o’tgan navbatdagi Kengash yig’ilishida institut rektori O’.Axmedov professor-o‘qituvchilarga falsafa doktori (PhD) diplomlarini topshirdi.
Shu bilan birgalikda institutning «Qurilish» fakulteti talabasi Botirov Jonibek sportning karate turi bo’yicha o’tkazilgan Osiyo chempionatida birinchi o’rinni qo’lga kiritib, Osiyo chempioni bo’lganligi munosabati bilan institut jamoasi nomidan tabriklab, e’tirof etildi.
Shundan so’ng kun tartibidagi masalalar yuzasidan professor-o’qituvchilar tomonidan bahorgi semestrda dars mashg’ulotlarining o’tilish holatlari tahlili to’g’risidan Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i B.Boltayevning hisoboti tinglandi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i R.Samatov O’zbekiston Respublikasi qarorlari, farmonlari, farmoyishlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda yuqori turuvchi tashkilotlardan kelgan topshiriqlarning ijrosi to’g’risida ma’lumot berdi.
Kun tartibidan joy olgan navbatdagi masalalar yuzasidan bitiruvchilarni ishga taqsimlash va talabalarning (tanishuv,, malakaviy, ishlab chiqarish, diplomoldi) amaliyotlarini tashkil etish haqidagi tahliliy ma’lumotlari taqdim etdi.
Kun tartibidagi turli masalalar qismida Budapeshtda O‘zbekiston-Vengriya ikkinchi rektorlar forumi bo’lib o’tganligi, Vengriya Respubliksining OTM bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatish hamda orttirilgan tajribalarni o’zimizda joriy etish haqida so’z yuritildi.
Bo’lib o’tgan Kengashning ushbu yig’ilish yakunida rejalashtirilgan ishlar yuzasidan amalga oshirilishi kerak bo’lgan vazifalar belgilab olindi.
