Institut rektori O’.Axmedov hamda o’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i J.Avazovlar o’quv jarayonlari, chet tillarini o’rganish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish va boshqa qator masalalar yuzasidan Boysun ko’p tarmoqli texnikumida bo’lishdi.

Shuningdek, texnikumda tashkil etilgan yig’ilishda texnikum o’qituvchilari, ishchi-xodimlari hamda o’quvchilar ishtirok etishdi. Unda o’quv jarayonini tashkil etish, o’quvchilar davomati, texnikum hududini obodonlashtirish va boshqa masalalarda amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Tadbir so’ngida o’quvchilar va ishchi-xodimlarni qiynayotgan masalalar yuzasidan o’zaro fikr almashishdi. Ularning o’quv, ma’naviy-marifiy, ilmiy sohalardagi qiziqishlari yuzasidan institut bilan hamkorlik qilishga chorlab qolindi.

 Bizni kuzatib boring