Bobomurodov Mirkomil Rustam o‘g‘lini “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyati xuzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.30/30.11.2021.T.141.01 raqamli ilmiy kengashda 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish ixtisosligi bo‘yicha “Paxtani qayta ishlash uskunalaridan ajralayotgan chang tarkibini fraksiyalarga ajratib tozalash texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
Institut jamoasi nomidan M.Bobomurodovni ushbu yutug‘i bilan qutlab, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz.
Institut olimlarining safi kengayaversin!
???? Bizni kuzatib boring
