Institutda talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularda ko‘tarinki kayfiyat va hozirjavoblik kabi bir qator hislatlarni shakllantirish maqsadida tashkil etilgan “QVZ Rektor kubogi” musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
O‘zaro teng kurashlar ostida kechgan ushbu musobaqada Qurilish fakultetining «A’lo plus», Mexanika fakultetining «Hazilkashlar» va Energetika va konchilik ishi fakultetining «Biznes Star» jamoalari o’zaro bellashishdi va yakunda «Biznes Star» jamoasi faxrli birinchi o‘rinni qo’lga kiritdi.
G’olib bo’lgan jamoalar diplom hamda pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.
