Termiz muhandislik-texnologiya institutida yangilanayotgan Konstitutsiya qonun loyihasi muhokamasi yuzasidan targ’ibot tadbiri o’tkazildi.
Mazkur targ’ibot tadbirida O‘zbekiston Ekologiya partiyasi Termiz shahar kengashi raisi O‘.Eshonqulov, Surxondaryo viloyati Transport boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Sh.Qurbonnazarov, institutning Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor M.Majitov hamda Mexanika fakulteti dekani B.Primkulov ushbu qonun loyihasi bo’yicha talaba-yoshlarga tushunchalar berib o’tishdi.
Shuningdek, tadbir qatnashchilari tomonidan 30-apreldagi Referendumga yoshlarning faol ishtiroki, atrof-muhit borasida ekologiya sohasiga kiritilgan o‘zgarishlar, transport tizimi bilan bog‘liq isloohotlar hamda transport sohasidagi kadrlarga qo‘yilayotgan talablar haqida ma’lumotlar berib o’tildi.
