Institutda bo’lib o’tgan navbatdagi Kengash yig’ilishida institut rektori O’.Axmedov professor-o‘qituvchilarga falsafa doktori (PhD) hamda dotsentlik diplomlarini topshirdi.

Shundan so’ng kun tartibidagi masalalar yuzasidan soha prorektorlari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-30-sonli qarori ijrosi yuzasidan institutda amalga oshirilib kelinayotgan ishlar hisoboti tinglandi.

 Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor M.Majitov  navbatdagi masala yuzasidan Kengashda talabalar turar joyidagi ijtimoiy-ma’naviy muhit va olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar haqida hamda kelgusidagi ishlar yuzasidan o’z fikr mulohazalarini hamda takliflarini bildirib o’tdi.

Kun tartibidan joy olgan navbatdagi masalalar yuzasidan Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’lim boshlig’i R.Samadov qishki sessiya yakuni, talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida baholarning xolisligi, shaffofligi va sifat darajasini baholash haqidagi tahliliy ma’lumotlari taqdim etdi.

2022/2023-o’quv yilida professor-o’qituvchilar tomonidan olib borilayotgan ilmiy innovatsion faoliyat haqida Kengash yig’ilishida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor M.O’razovning hisoboti tinglandi.

Bo’lib o’tgan Kengashning ushbu yig’ilish yakunida rejalashtirilgan ishlar yuzasidan amalga oshirilishi kerak bo’lgan vazifalar belgilab olindi.