Termiz muhandislik-texnologiya institutida yangilanayotgan qonun loyihasi bo’yicha targ’ibot tadbiri bo’lib o’tdi.

Mazkur targ’ibot tadbirida Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul xodimlari Sh.Rasulov, F.Xolmatov hamda institutning Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor M.Majitov ushbu qonun loyihasi bo’yicha talaba-yoshlarga tushunchalar berib o’tishdi.

Shuningdek, Surxondaryo viloyat Sudi sudya katta yordamchisi R.Eshmatov ham talabalarga yangilanayotgan qonun loyihasining huquqiy jihatlari haqida tushuntirish berdi hamda mazkur referendumga barchani faol bo’lishga chaqirdi.