Shu kuni shaxsiy avtomobilda harakatlanishdan ixtiyoriy ravishda voz kechish tavsiya etiladi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ham o‘z tavsiyalarida jismoniy faollikni oshirish infeksion, yurak-qon tomir, saraton va qandli diabet kasalliklar profilaktikasida muhim o‘rin tutishini ta’kidlaydi. Shunday ekan, ayni damda dunyoda pandemiya bilan bog‘liq vaziyatda bunday aksiyaning o‘tkazilishi ayni muddaodir.
Barchaga salomatlik tilash maqsadida institutda 22-sentyabr kuni «Avtomobilsiz kun» loyihasi amalga oshiriladi. Barcha professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar institutga avtomobilsiz kelish bilan loyihada faol ishtirok etish so‘raladi.
