“Yangi O‘zbekistonda el aziz aziz, inson aziz!” shiori ostida institutda yangi 2022/2023-o’quv yili boshlanishi munosabati bilan tadbir bo’lib o’tdi.

Unda institut rekroti O’.Axmedov so’zga chiqib O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31-yilligi hamda joriy 2022/2023-o’quv yilida 1-kursga qabul qilingan talabalarni chin dildan samimiy qutladi.

Shuningdek, yuqori natijalar ko’rsatib 1-kursga qabul qilingan talaba-yoshlar ham so’zga chiqib mazkur oliygohni tanlaganlaridan mamnun ekanliklarini bildirishdi.

Shu bilan birgalikda, institutda “Yangi O‘zbekistonda el aziz aziz, inson aziz!” shiori ostida mustaqillik darslari ham tashkil etilib unda institut rektori ham ishtirok etdi.