Hukumat qarori (606-son, 24.09.2021-y.) bilan Oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega shaxslar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olishlari mumkin.

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari  Termiz muhandislik-texnologiya instituti  Kengashi tomonidan belgilanadi.

O‘qishga kirish uchun abituriyentlar har yili 10-iyuldan 10-avgustgacha (shu kuni ham) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus elektron tizim orqali ro‘yxatdan o‘tadi.

Qabul tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon o‘tkazish muddatlari) har yili 1-iyulgacha OTM rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Qabul natijalari har yili 30-avgustgacha institut tomonidan e’lon qilinadi.

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limda o‘qish 2-kursdan boshlanadi. Bunda o‘qish davomiyligi tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun belgilangan muddatdan bir yilga kam etib belgilanadi.

Nizom oliy harbiy ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Termiz muhandislik-texnologiya instituti  ikkinchi oliy ta’lim uchun quydagi yo‘nalishlarda qabul qilishi

 

t/r

Yo‘nalish nomi

Ta’lim shakli

Ta’lim tili

Jami kvota

1.

Elekrt energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)

Sirtqi

O‘zbek

30

2.

Konchilik ishi (faoliyat turlari bo‘yicha)

Sirtqi

O‘zbek

30

3.

Neft va gaz ishi (faoliyat turlari bo‘yicha)

Sirtqi

O‘zbek

30

4.

Yo‘l muhandisligi (sohalar va faoliyat turlari bo‘yicha)

Sirtqi

O‘zbek

30