Hukumat qarori (606-son, 24.09.2021-y.) bilan Oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega shaxslar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olishlari mumkin.
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari Termiz muhandislik-texnologiya instituti Kengashi tomonidan belgilanadi.
O‘qishga kirish uchun abituriyentlar har yili 10-iyuldan 10-avgustgacha (shu kuni ham) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus elektron tizim orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
Qabul tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon o‘tkazish muddatlari) har yili 1-iyulgacha OTM rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Qabul natijalari har yili 30-avgustgacha institut tomonidan e’lon qilinadi.
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limda o‘qish 2-kursdan boshlanadi. Bunda o‘qish davomiyligi tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun belgilangan muddatdan bir yilga kam etib belgilanadi.
Nizom oliy harbiy ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Termiz muhandislik-texnologiya instituti ikkinchi oliy ta’lim uchun quydagi yo‘nalishlarda qabul qilishi
t/r | Yo‘nalish nomi | Ta’lim shakli | Ta’lim tili | Jami kvota |
1. | Elekrt energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) | Sirtqi | O‘zbek | 30 |
2. | Konchilik ishi (faoliyat turlari bo‘yicha) | Sirtqi | O‘zbek | 30 |
3. | Neft va gaz ishi (faoliyat turlari bo‘yicha) | Sirtqi | O‘zbek | 30 |
4. | Yo‘l muhandisligi (sohalar va faoliyat turlari bo‘yicha) | Sirtqi | O‘zbek | 30 |
