Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti maydoni bugun unutilmas bayram ogʻushida. Sahnada yangrayotgan sehrli dildor navolar va goʻzal chiqishlar ushbu shukuhli kechaga oʻzgacha tarovat bagʻishlamoqda.
Tomoshabinlar orasidagi ota-onalarning cheksiz faxrga toʻla samimiy nigohlari, farzandlar kamolidan quvongan baxtli chehralar va mitti bolajonlarning quvonchi bayramning eng taʼsirchan lahzalariga aylandi. Ustozlar va mehmonlar ham bitiruvchilarning har bir muvaffaqiyatini cheksiz hayajon bilan kuzatib bormoqdalar.
Aziz bitiruvchilar! Ushbu unutilmas tunda qalbingizga muhrlangan shirin xotiralar kelajakdagi yuksak marralaringizda sizga doim ilhom bagʻishlasin. Parvozingiz baland boʻlsin!
