Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida rektor Rasul To‘rayev raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda prorektorlar, fakultet dekanlari hamda tarkibiy bo‘linma rahbarlari ishtirok etdi.

​Yig‘ilishda bitiruvchilarga diplom topshirish jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish, maxsus akkreditatsiyaning borishi va kompleks akkreditatsiyaga puxta tayyorgarlik ko‘rish, ta’lim sifatini xalqaro standartlarga moslashtirish hamda 2026–2027-o‘quv yili uchun laboratoriyalarni zamonaviy jihozlash masalalari muhokama qilindi.

​Shuningdek, qabul jarayoni va ijodiy imtihonlarga tayyorgarlik, abituriyentlar uchun qulay sharoit yaratish hamda jarayonlarning shaffofligini ta’minlash yuzasidan vazifalar belgilandi.

​Yig‘ilishda bitiruvchilar bandligini oshirish, ular bilan ishlash mexanizmlarini yanada kuchaytirish, “Edo.ijro” tizimida ijro intizomiga qat’iy rioyа еtish va to‘lov-kontrakt mablag‘larining o‘z vaqtida undirilishini ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

​Yakunda rektor R.To‘rayev kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha aniq muddatlar belgilab, mas’ul rahbarlarga ijro intizomini kuchaytirish, ish jarayonida samaradorlikni ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalarni berib o‘tdi.