Talabalik yillari — umrning eng unutilmas va sermazmun davri. Bugun ortda qolayotgan bilim, mehnat va do‘stlikka boy yillar sizni yangi marralar sari yetaklamoqda. Erishgan yutuqlaringiz kelajakdagi muvaffaqiyatlaringiz uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Sizni diplom topshirish tantanali marosimi hamda «Bitiruv oqshomi» gala-konsertiga taklif etamiz!
🧑🎓 I QISM: Diplom topshirish marosimi
➡️ Energetika va sanoat muhandisligi fakulteti — 10:00 – 11:00
➡️ Mexanika va konchilik ishi fakulteti — 11:30 – 13:00
➡️ Qurilish va irrigatsiya fakulteti — 13:30 – 14:30
➡️ Iqtisodiyot, o‘rmonchilik va veterinariya fakulteti — 15:30 – 16:30
➡️ Agrobiologiya fakulteti — 17:00 – 18:30
✅ Sana: 16-iyul
⏰ Vaqt: 10:00 – 18:30
📍 Manzil: TDMAU, 1-bino, Faollar zali
🌟 II QISM: «Bitiruv oqshomi» gala-konserti
Dasturda:
🎓 Magistrlik va imtiyozli diplomlarni tantanali topshirish;
💐 Ota-onalarga tashakkurnomalar;
🎤 Universitet rahbariyati va faxriy mehmonlarning tabriklari;
🎶 Taniqli san’atkorlar hamda iqtidorli talabalar ishtirokidagi shou-konsert.
✅ Sana: 16-iyul
⏰ Vaqt: 20:00 – 22:00
📍 Manzil: TDMAU, Adiblar xiyoboni
Aziz bitiruvchi! Ushbu unutilmas oqshomni ustozlaringiz, ota-onangiz va yaqinlaringiz bilan birga nishonlang. Sizni kutamiz!
