Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori Rasul To‘rayev ilmiy unvon va ilmiy darajaga erishgan bir guruh professor-o‘qituvchilarga diplomlarni tantanali ravishda topshirdi.
Rektor o‘z tabrigida ilm yo‘lidagi mashaqqatli mehnat, izlanish va fidoyilikni yuksak baholab, ustozlarga kelgusi ilmiy va pedagogik faoliyatlarida yanada ulkan yutuqlar tiladi.
🎓 Dotsent ilmiy unvoniga sazovor bo‘lganlar:
🟢Shamurotov Abzayir Abdikadirovich — Universitet oqsoqollar kengashi raisi, «O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va agrotuproqshunoslik» kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi;
🟢Abulfayziyev Shokir Narmuratovich — «Aniq va tabiiy fanlar» kafedrasi mudiri;
🟢Abdullayev Sharofiddin Yusuf o‘g‘li — «Atrof-muhit muhandisligi» kafedrasi mudiri;
🟢Jo‘rayev Davron Amir o‘g‘li — «Muhandislik va kompyuter grafikasi» kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi.
🔬 Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lganlar:
🟢Abdurahmonov Ramazon Sobir o‘g‘li — «Bino va inshootlar qurilishi» kafedrasi assistenti;
🟢Abdurahmonova Mahfuza Nodir qizi — «Bino va inshootlar qurilishi» kafedrasi katta o‘qituvchisi;
🟢Rajabov Shahboz Xolmamat o‘g‘li — Mexanika va konchilik ishi fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari.
✨ Universitet jamoasi nomidan barcha ustoz va hamkasblarimizni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz.
Ilmiy izlanishlaringiz samarali, yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin! Olingan ilmiy unvon va darajalar mamlakatimiz ilm-fani, ta’lim tizimi va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishiga ishonamiz.
