​Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori Rasul To‘rayev ilmiy unvon va ilmiy darajaga erishgan bir guruh professor-o‘qituvchilarga diplomlarni tantanali ravishda topshirdi.

​Rektor o‘z tabrigida ilm yo‘lidagi mashaqqatli mehnat, izlanish va fidoyilikni yuksak baholab, ustozlarga kelgusi ilmiy va pedagogik faoliyatlarida yanada ulkan yutuqlar tiladi.

​🎓 Dotsent ilmiy unvoniga sazovor bo‘lganlar:
🟢Shamurotov Abzayir Abdikadirovich — Universitet oqsoqollar kengashi raisi, «O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va agrotuproqshunoslik» kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi;
​🟢Abulfayziyev Shokir Narmuratovich — «Aniq va tabiiy fanlar» kafedrasi mudiri;
🟢​Abdullayev Sharofiddin Yusuf o‘g‘li — «Atrof-muhit muhandisligi» kafedrasi mudiri;
🟢​Jo‘rayev Davron Amir o‘g‘li — «Muhandislik va kompyuter grafikasi» kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi.

​🔬 Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lganlar:
🟢​Abdurahmonov Ramazon Sobir o‘g‘li — «Bino va inshootlar qurilishi» kafedrasi assistenti;
​🟢Abdurahmonova Mahfuza Nodir qizi — «Bino va inshootlar qurilishi» kafedrasi katta o‘qituvchisi;
🟢​Rajabov Shahboz Xolmamat o‘g‘li — Mexanika va konchilik ishi fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari.

​✨ Universitet jamoasi nomidan barcha ustoz va hamkasblarimizni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz.

Ilmiy izlanishlaringiz samarali, yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin! Olingan ilmiy unvon va darajalar mamlakatimiz ilm-fani, ta’lim tizimi va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishiga ishonamiz.