Hurmatli texnikum bitiruvchilari!
Zamon talablariga mos, yuqori malakali mutaxassis bo‘lishni va vaqtingizni tejashni istaysizmi? Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti sizni imtihonlarsiz, shunchaki yakka tartibdagi suhbat asosida o‘qishga taklif etadi!
⚡️ Katta imkoniyat: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 022-yil 11-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq, texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar universitetning 2-bosqichidan (kursidan) o‘qishni davom ettirish huquqiga ega!
📝 Vazirlik tomonidan tasdiqlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari RO‘YXATI
📝 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari RO‘YXATI
📌 Qabul talablari qanday?
Universitetga imtihonsiz suhbat asosida kirish uchun quyidagi mezonlarga mos kelishingiz lozim:
➡️ Butun o‘qish davomida semestr baholari faqat “5 (a’lo)” va “4 (yaxshi)” bo‘lishi kerak.
➡️ O‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi “5 (a’lo)” bo‘lishi shart.
➡️ Texnikumni bitirganingizga 2 yildan oshmagan bo‘lishi kerak.
🗓 Hujjat topshirish muddati va tartibi:
🟢Har yili 5-iyuldan 25-iyulga qadar (shu kuni ham).
🟢my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda.
📞 Biz bilan bog‘laning (Call-center):
Savollaringiz bormi? Quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qiling va batafsil ma’lumotga ega bo‘ling:
☎️ 76-221-94-03
☎️ 76-221-95-63
☎️ 76-221-94-26
👤 Mas’ul shaxs: 91-520-41-61
📚 Kelajagingizni bugundan boshlang — Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti sizni kutmoqda!
