Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyati bo‘limi hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida “Mustaqillik soati” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi vakillari, targ‘ibotchilar, universitet professor-o‘qituvchilari va faol talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Samimiy muloqot davomida yurtimizdagi keng ko‘lamli islohotlar, mustaqilligimizning 35 yili davomida erishilgan ulkan yutuqlar, Davlatimiz rahbari rahnamoligida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida atroflicha so‘z yuritildi.