Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining Iqtisodiyot, o‘rmonchilik va veterinariya fakulteti 2-bosqich talabasi Muxlisa Namozova xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Ayollar sport olimpiadasi”ning viloyat bosqichida qatnashdi.
Iqtidorli talabamiz sportning shashka turi bo‘yicha yuqori mahorat va zukkolik ko‘rsatib, faxrli 1-o‘rinni egalladi.
Muxlisa Namozovani ushbu go‘zal g‘alaba bilan samimiy qutlaymiz! Unga kelgusidagi o‘qish va sport faoliyatida yangi zafarlar tilaymiz!
