Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining Qurilish va irrigatsiya fakultetida Imom Termiziy nomidagi  o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda “Jaholatga qarshi – ma’rifat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda muassasa direktori Kamol Islomov talabalarga yoshlar o‘rtasida ma’rifatni keng targ‘ib qilish, diniy bilimlarni ishonchli manbalardan o‘rganish va yot g‘oyalarga qarshi ma’naviy immunitetni mustahkamlash zarurligini ilmiy asoslab berdi.

Ochiq muloqot davomida talabalar mutaxassisdan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning ma’rifiy dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.