Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining “Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish” kafedrasi olimlari — akademik Nodirbek Yusupbekov va professor Yusuf Avazov tomonidan tayyorlangan zamonaviy darsliklar Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetiga sovg‘a qilindi.

Mazkur nashrlar avtomatlashtirish, sanoat boshqaruvi, modellashtirish hamda raqamli texnologiyalar kabi muhim yo‘nalishlarni qamrab olib, amaliy misollar va zamonaviy yondashuvlari bilan ajralib turadi.

Darsliklar talabalar va yosh mutaxassislar uchun muhim manba bo‘lib, ikki universitet o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.