​Qoraqalpog‘istonda respublikamizning barcha hududlaridan kelgan 250 nafarga yaqin iqtidorli yoshlar jam bo‘lishdi. Quvonarlisi, ushbu nufuzli festivalda Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalari universiteti talabalari ham o‘z tashabbuskorligi bilan faol ishtirok etmoqda.

​Festivalning ochilish marosimi Qoraqalpoq davlat universitetida tashkil etilib, yoshlar istiqboldagi loyihalar bilan tanishtirildi. So‘ngra ishtirokchilar Mo‘ynoq tumaniga tashrif buyurib, Orol fojiasidan so‘zlovchi “Kemalar qabristoni”ni ko‘zdan kechirishdi. Bu sayohat talabalarga ekologik muvozanatni saqlash naqadar muhimligini yana bir bor his qildirdi.

​Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, hududlararo do‘stlik aloqalarini mustahkamlash va talabalarning intellektual dunyoqarashini boyitishdan iborat.