​Universitetimiz Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan akademik litsey o‘quvchi qizlari uchun maxsus tadbir tashkil etildi. Maqsad — xotin-qizlarni STEM (muhandislik, texnologiya va fan) yo‘nalishlariga keng jalb etish.

​Tashrif davomida o‘quvchilar Mexanika va konchilik ishi fakultetining zamonaviy laboratoriyalari, texnik imkoniyatlari va geologik muzeyi bilan yaqindan tanishib, soha haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.