Universitetimiz Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan akademik litsey o‘quvchi qizlari uchun maxsus tadbir tashkil etildi. Maqsad — xotin-qizlarni STEM (muhandislik, texnologiya va fan) yo‘nalishlariga keng jalb etish.
Tashrif davomida o‘quvchilar Mexanika va konchilik ishi fakultetining zamonaviy laboratoriyalari, texnik imkoniyatlari va geologik muzeyi bilan yaqindan tanishib, soha haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
