Universitetning «Ijtimoiy-gumanitar fanlar» kafedrasi professor-o‘qituvchilari Ichki ishlar vazirligining viloyatimizdagi Akademik litseyida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdilar.

Tadbirda kafedra mudiri T.Xoliyarov sun’iy intellektni ta’limga tatbiq etish mavzusida ma’ruza qildi. Shuningdek, universitet jamoasi tomonidan o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun mahorat darslari tashkil etilib, sohadagi muhim masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida litsey o‘quvchilariga TDMAUda ochilgan yangi ta’lim yo‘nalishlari haqida ma’lumot berilib, ular o‘qishga taklif etildi. Ilm va innovatsiya yo‘lidagi hamkorlik davom etadi!