Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining Energetika va sanoat muhandisligi fakultetida bahor ayyomi — Navro‘z munosabati bilan ko‘tarinki ruhda sumalak sayli tashkil etildi.
Tadbirda professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar bir dasturxon atrofida jam bo‘lib, milliy qadriyatlarimizga xos tarzda sumalak qaynatildi hamda bayram oshi damlandi.
Bayram shukuhi sport musobaqalari bilan yanada fayzli o‘tdi. Xususan, talaba-yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan futbol turniri qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi.
