​Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Ayollarni e’zozlash” oyligi doirasida Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan “Matonat timsollari” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

​Tadbirda yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, oilalar barqarorligini ta’minlash hamda jamiyatda mehr-oqibat muhitini qaror toptirishda ayollarning o‘rni beqiyos ekani alohida ta’kidlandi. So‘zga chiqqanlar xotin-qizlarning nafaqat oilada, balki ta’lim va jamiyat taraqqiyotidagi muhim o‘rni haqida to‘xtalib o‘tdilar.

​Uchrashuv davomida universitetda ko‘p yillardan buyon samarali faoliyat ko‘rsatib kelayotgan fidoyi ustozlar hamda Xotin-qizlar maslahat kengashi ishlarida faol ishtirok etayotgan tashabbuskor xotin-qizlar munosib e’tirof etildi.