Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi, professor Ahmadbek Yusupov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitet rahbariyati, Ilmiy kengash a’zolari, doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilar ishtirok etdi. Muloqot davomida oliy malakali ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, dissertatsiya tadqiqotlari sifatini oshirish hamda yosh tadqiqotchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida dissertatsiya himoyasi jarayonidagi so‘nggi me’yoriy talablar, ilmiy faoliyatni raqamlashtirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Ushbu ochiq muloqot universitetning ilmiy salohiyatini yanada yuksaltirish va tadqiqotchilar uchun yangi istiqbollarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.
