Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti “Qurilish va irrigatsiya” fakulteti 1-bosqich talabalari ishtirokida “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda universitetning Komplaens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Sh.Karimov, fakultet dekani A.Butayorov hamda mas’ul xodimlar qatnashib, korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, uning kelib chiqish omillari va bu illatga qarshi kurashishda har bir fuqaroning mas’uliyati haqida atroflicha fikr bildirdilar.

Muloqot davomida ta’lim jarayonida shaffoflikni ta’minlash, talaba-yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish muhim ekani alohida qayd etildi.