Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida ta’lim sifatini yanada oshirish, ochiqlik va o‘zaro hamkorlik muhitini mustahkamlash maqsadida talabalar fikrini o‘rganish (feedback) hamda o‘zaro tashrif va baholash (peer review) platformasi ishga tushirildi.
Mazkur platforma orqali siz quyidagi imkoniyatiga ega bo‘lasiz:
➡️universitetda amalga oshirilayotgan islohotlar va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha o‘z fikr hamda takliflaringizni bildirish;
➡️professor-o‘qituvchilar faoliyati hamda universitetda yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan mulohaza va e’tirozlaringizni qoldirish;
➡️dars jadvalini PDF formatda shaxsiy Telegram botingiz orqali tez va qulay yuklab olish.
📲 Platformadan foydalanish uchun quyidagi Telegram botga murojaat qiling:
👉 @terdmaubot
