Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida “Yoshlar – giyohvandlikka qarshi!” mavzusida “Eng yaxshi rasmlar” hamda “Eng yaxshi insholar” tanlovlarining universitet bosqichi o‘tkaziladi.

📌 Tanlovning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlik illatining salbiy oqibatlari haqida keng tushuncha berish hamda talaba-yoshlarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarishdan iborat.

🎨 “Eng yaxshi rasmlar” tanloviga ishtirokchilar giyohvandlikka qarshi kurash, sog‘lom hayot tarzi hamda yoshlarning porloq kelajagini aks ettiruvchi ijodiy rasmlarini taqdim etishlari mumkin.
✍️ “Eng yaxshi insholar” tanloviga
talabalar mavzu doirasida giyohvandlikning inson va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri, sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida ijodiy va mazmunli insholar yozishlari mumkin.

📅 Tanlov o‘tkaziladigan vaqt: 12-mart, soat 15:00
🏢 Manzil: 1-o‘quv binosi

🏆 Tanlov g‘oliblari universitet rektori tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

📞 Murojaat uchun: +998 90 522 49 49

👥 Barcha talaba-yoshlarni ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!